Yirik va alohida muhim suv xo‘jaligi obʼektlari foydalanishga berilmaydi

Yirik va alohida muhim suv xoʻjaligi obʼektlari foydalanishga berilmaydi. «Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi Qonun imzolandi.

Kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, suv isteʼmolchilari uyushmalari oʻz aʼzolarining yillik badallari, shartnoma asosida suv yetkazib berganlik va boshqa xizmatlar uchun toʻlovlar hisobidan moliyalashtiriladi.

Uyushmalar suvdan foydalanish qoidalari buzilganida, limitdan koʻp suv olinganida, toʻlovlar vaqtida toʻlanmaganida isteʼmolchilarga suv yetkazishni toʻxtatishga haqli.

Suv omborlari, sel-suv omborlari, yirik va alohida muhim suv xoʻjaligi obʼektlari foydalanishga berilmasligi belgilandi. Ilgari ushbu tartiblar qonunda nazarda tutilmagan.