Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida deputatlar Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani hokimi Zulayho Mahkamovaning nomzodini bosh vazir o‘rinbosari — Xotin-qizlar va oila ishlari qo‘mitasi rahbarligiga ma’qullashdi.
Zulayho Mahkamova 2020 yil 4 martdan beri To‘raqo‘rg‘on tumani hokimi edi.
Ma’lumot uchun, 2020 yil fevral oyida Xotin-qizlar qo‘mitasini tugatish haqida qaror qabul qilingandi.