Surxondaryoda «Cho‘ponlarni mafiya bosdi»

Ijtimoiy tarmoqlarda «Cho‘ponlarni mafiya bosdi» nomli videoxabar tarqalgan. Bu haqda Surxondaryo viloyati prokuraturasi rasmiy munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, 12.03.2022 yilda Qumqo‘rg‘on tumanida cho‘ponlar o‘rtasidagi yaylov yer nizosi sababli sodir bo‘lgan holat yuzasidan tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilgan.

Tergovga qadar tekshiruv natijasiga ko‘ra, 22.03.2022 yilda O‘zbekiston Respublikasi JKning 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jinoyat ishining tergovi tuman prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.