Fuqarolarning bank kartalari qonun hujjatlariga rioya qilinmagan holda ularning roziligisiz «Davrbank» tomonidan ajratilgan kredit qarzdorligini so‘ndirish uchun mablag‘lar yechib olinayotgani aniqlangan.
Bunga yo‘l qo‘ygan «Davrbank»ka nisbatan belgilangan tartibda jarima sanksiyasi qo‘llanilgan. Bu haqda Markaziy bankning Bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish xizmatiga ko‘plab murojaatlar kelib tushgan.
Shuningdek, bankka fuqarolarning bank hisobvaraqlaridan (shu jumladan, bank kartalaridan) mablag‘larni qonunchilikka zid ravishda ularning roziligisiz hisobdan chiqarish amaliyotiga chek qo‘yish hamda fuqarolardan shu mazmunda shikoyatlar kelib tushganda ushbu mablag‘lar qaytarib berilishini ta’minlash vazifalari yuklatilgan.