Toshkent viloyati Bekobod tumani “Bekobod-temir yo‘l” xalqaro o‘tkazish punktiga “Xo‘jand-Arыs” yo‘nalishida Tojikiston Respublikasidan kirib kelgan yuk poyezdi hamda uning tarkibida bo‘lgan vagonlar belgilangan tartibda DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari hamda Davlat bojxona qo‘mitasi xodimlari hamkorligida xizmat itlari yordamida ko‘zdan kechirildi.
Ko‘zdan kechirish jarayonida qurilish mollarini tashishga mo‘ljallangan vagonlarning birining juft g‘ildiraklarini ulab turuvchi tayanch asosining g‘ovagida qora rangli politelen paket borligi aniqlandi.
Paket xolislar va mutaxassislar ishtirokida ochib ko‘rilganda, uning ichidagi ikki o‘ramda 1 kg. 949 gr. “opiy” giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 246-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.