Yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan toshbaqalar

Jaretta jaretta toshbaqalarning bir turi bo‘lib, dengizda yashaydigan jonivordir. U tuxum qo‘yishdan tashqari boshqa paytda qirg‘oqqa chiqmaydi. Oyoqlari suvda suzishga moslashgan. Kislorodni havodan olishiga qaramasdan suv ostida uzoq vaqt qola oladi. Tuxumlarini kechasi qumda o‘zlari ochgan chuqurlarga ko‘mishadi. Bir tuxum qo‘yishda 100 tagacha (ba’zi tahlillarda 162 tagacha) yetadi. Toshbaqa bolalari oradan 2 oy o‘tgach, kechki payt tuxumdan chiqib, dengizga qarab yo‘l olishadi. Asosan, oqdengiz sohillarida tarqalgan ushbu jonivorlarning 2006 yilda Balakda 1000 ta atrofida, 2007 yil Onamurda 1040 tacha uyasi borligi aniqlangan edi. Jaretta jarettalar baliqlar bilan, suv jonivorlari, asosan, meduzalar bilan oziqlanadi. Jaretta jarettalar yaqin vaqtlarga qadar “Dunyo tabiatni muhofaza qilish tashkiloti” ning “Qizil ro‘yxati” da, ya’ni yo‘qolish xavfi bo‘lgan jonivorlar qatorida edi. Qisqa vaqt ichida ularning soni ortganidan keyin “Noyob tur” kategoriyasiga kiritildi.

Xo‘sh, dengizlar ifloslanayotgan, plastik chiqindilar toshbaqalarning o‘limiga sabab bo‘layotgan davrda bu qanday yuz berdi?


Hammanarsa Jyun Haimofning 1975 yil iyulda qayig‘i bilan Dalyan sohiliga kelishidan boshlandi. Ta’til uchun sohilga kelgan kapitan Jyun 1986 yil Dalyanning Iztuzu plyajida yashay boshladi. Shu davr mobaynida u kechasi tuxum qo‘yish uchun qirg‘oqqa chiqqan dengiz toshbaqalarini uchratdi. Nasli tugab borayotgan toshbaqalarni kuzatib, bu sohilga qanday kelishlari, tuxum qo‘yish hamda oqdengizga qachon qaytib ketishlari borasida izlanishlar olib bordi. Jaretta jarettalarning ko‘payish va hayot tarzi uchun muhim maydon bo‘lgan Iztuzu sohilida mehmonxona qurilishini bilganida maxsus jamoa tuzib, dunyoning e’tiborini shu sohilga qaratdi. Bu bilan mehmonxona qurilishini to‘xtatishga erishdi.

Biolog Fotih Po‘lat: Toshbaqalar may oyida sohillarga chiqa boshlaydi. Tuxum qo‘yish jarayoni iyul oyining oxirigacha davom etadi, – deydi.

Odamlar va chiqindilar ko‘paydi

Dalyan xalqining “Kapitan Jyun” deya hurmat bilan tilga oladigan Haimof ming afsuski shu yilning may oyida hayotdan ko‘z yumdi. Uning qilgan xayrli ishlari faqatgina toshbaqalarning hayotini asrabgina qolmay, shu yo‘lda izlanishlar olib borayotgan Turkiyaliklarning ham yo‘lini ochdi. Fotih Po‘lat ham shunday insonlarlan biri. Po‘lat 31 yoshli biolog. O‘rdu universitetida Biologiya bo‘limida akademik izlanishlarda davom etish bilan birga, 10 yildirki ekologik tadqiqotlar uyushmasida ko‘ngilli sifatida ishtirok etib kelmoqda. Po‘lat 2021 yilgacha Balakta 30 kilometrlik qirg‘oqda toshbaqalarni asrash borasida faoliyat olib borgan bo‘lsa, boshqa joylarda ham xuddi shunday chora-tadbirlar ko‘rilishi kerak degan xulosaga keldi. Sababi oqdengiz sohillarida toshbaqalarning 22 ta uyasi bor, ulardan faqat 8-10 tasi nazorat ostida. “Toshbaqalarning boshqa joylarda ham bizga ehtiyoji bor”-, deb izoh bergan Po‘lat, bu yil Manavgat, Qizilo‘t mintaqalarida ham toshbaqalarning uyasini nazoratga oldi.

Po‘lat may oyida toshbaqa uyalarini qo‘riqlay boshlaydi. Chunki toshbaqalar mayning o‘rtalarida sohilga chiqadi. Iyulning oxirigacha tuxum qo‘yish davom etadi. Po‘lat toshbaqalarning inini nazorat qilarkan har kuni tongda soat 4 da uyg‘onib, ishga kirishadi. Avval Qizilo‘t mintaqasidagi 26 kilometrlik sohilni boshdan oxir yurib toshbaqa uyalaridan xabar oladi. Toshbaqalar sohilda traktor iziga o‘xshash iz qoldirishadi. O‘sha izlarning ortidan borib inlarni tekshirib, kerakli ma’lumotlarni qayd etadi. Barcha ma’lumotlarni yozib bo‘lgach, odamlar toshbaqalarning uyasini topolmasligi uchun izlarni o‘chirib tashlaydi. Uyalarning xavfdan yiroqligi, tuxumdan chiqqan toshbaqa bolalarining dengizga sho‘ng‘ib ketishi va nechta toshbaqa chiqqani, nechtasi chiqmaganini qayd qiladi.

“10 yil davomida tahlil va tekshiruvlar olib borgan bo‘lsam 30 mingta uyani tekshirdim. Shu davr mobaynida uyalardan 1 yarim milion toshbaqa bolasi dengizga qarab yo‘l olgan. Uyalardan juda ko‘p toshbaqa bolalari chiqsada har 1000 ta toshbaqa bolasidan faqat bittasigina sog‘lom tug‘ilib, yashab keta oladi. So‘ngi yillardagi urinishlarimiz natijasida vaziyat biroz yaxshilangan bo‘lsada toshbaqalar uchun yo‘qolib ketish xavfi haligacha mavjud” -, deydi Fotih Po‘la


Pandemiya davrida odamlar sohil bo‘ylariga kelolmaganliklari tufayli toshbaqalar sohillarda erkin harakatlandilar. Undan oldin esa sayr va ta’tilga chiquvchi odamlar soni nihoyatda ko‘payib ketgan edi. Bu ham yetmagandek kechasi fonarlar bilan toshbaqalarni kuzatib ularning tuxum qo‘yish uchun uya tayyorlashiga xalaqit berganlar ham ko‘pchilikni tashkil etadi. Odamlarning sohilga kelishlarini cheklay olmas ekanmiz, demak, qilishimiz kerak bo‘lgan ish toshbaqalarning tuxum qo‘yadigan maydonlarini va dengizni nazorat qilish, asrashdir.

Dilbar Rajabova tayyorladi