Gʻijduvon tumanidagi shiyponlardan biriga tashlab ketilgan chaqaloqning onasi topildi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB xabar berdi.
Buxoro viloyati IIB, hududiy ichki ishlar organlari va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamda keng jamoatchilik bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor qidiruv va tergov harakatlari davomida chaqaloqning 2022 yil yanvar oyida tug‘ilgan Narzullayeva Muslima ekanligi va onasining shaxsi aniqlanib, tergov organiga topshirildi.
Hozirgi kunda Gʻijduvon tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 25/117-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jinoyat ishida shaxsning sha’ni, qadr qimmati va oilaviy sirlari bilan bog‘liq holatlar mavjud bo‘lganligi sababli tergov yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi, deyiladi IIB xabarida.