WhatsApp egasi Meta, dasturning yangi imkoniyatlari haqida xabar berdi.
Endi foydalanuvchilar guruhlardan sezdirmay chiqib ketishlari mumkin, onlayn holatini kimlar ko‘ra olishi yoki kimlar ko‘rolmasligini ham nazorat qila oladi, shuningdek, takror ko‘rsatiluvchi xabarlarni ekranda ko‘rsatmaslik imkoni mavjud.
Metaning bosh direktori Mark Sukerberg, bu imkoniyatlar WhatsApp yozishmalarining yashirin va ishonchli bo‘lishiga yordam berishini ta’kidladi.
Dunyo bo‘ylab bitta kompaniya orqali taqdim etiladigan ushbu yangi imkoniyatlar Anglyadan boshlab, shu oydan e’tiboran ishga tushadi.
“Boshqa ilovalardan ko‘ra ishonchli”
Hozirda WhatsApp guruhdagi suhbatlardan chiqqaningizda barcha guruhlarni bundan ogohlantiradi. Bu esa hechkimga bildirmasdan guruhdan chiqmoqchi bo‘lganlarga noqulaylik tug‘diradi.
Endilikda esa guruh adminidan tashqari boshqa a’zolarga hechkimga sezdirmay chiqib ketish mumkin bo‘ladi.
WhatsApp ning boshqaruvchi menejeri Ami Vora, “Foydalanuvchilarning xabarlarining nazorati va maxfiyligi borasida yanada keng imkoniyatlar ishlab chiqish” maqsadining bu bir ko‘rinishi ekanligini bildirdi.
WhatsApp shaxsiy suhbatlar uchun eng ishonchli joy ekanligiga ishonamiz. Boshqa hechqaysi suhbatlashish xizmati: foydalanuvchilarning xabarlari, ovozli xabar, videochat kabilar ishonchli emas.
Yangi imkoniyatlardan yana biri “Oxirgi faollik” vaqtini foydalanuvchi faqat o‘zi istagan foydalanuvchilargagina ko‘rinadigan qilish imkoni bor.
Dilbar Rajabova tayyorladi