Qasim-Jo‘mart To‘qayev qozoq xalqiga murojaat yo‘lladi

Bugun Qasim-Jo‘mart To‘qayev qozoq xalqiga murojaat yo‘lladi. Undagi eng muhim ayrim jihatlar:

— 2022 yilning kuzida navbatdan tashqari prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tadi. Unda To‘qayev ham qatnashishi kutilmoqda;

— To‘qayev Prezidentlik muddatini bir martalik 7 yil etib belgilash, ammo qayta saylanish huquqini bekor qilishni taklif qildi;

— 2023 yilning birinchi yarmida parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi;

— bundan buyon sud hukmi bilan korrupsionerlardan undirilgan mablag‘lar faqat maktablar qurilishiga sarflanadi;

— sud tizimini isloh qilish maqsadida barcha sudyalik lavozimlari uchun shoshilinch tarzda qayta tayinlov o‘tkaziladi. Oliy sud sudyalari uchun esa saylov tizimi yo‘lga qo‘yiladi, ya’ni Prezident bir nechta muqobil nomzodlarni taqdim etadi, Senat ular orasidan saylaydi;

— Qozog‘istondagi yanvar voqealarida ommaviy tartibsizliklarga targ‘ib qilgan tashkilotchilar qat’iy jazolanadi. Ammo shunchaki bunda ishtirok etganlarga nisbatan aybiga qarab bir martalik amnistiya e’lon qilinadi;

— 2023 yili yangi Soliq kodeksi qabul qilinadi. Bunda «hashamat solig‘i» joriy qilinishi mumkin. Ya’ni qimmatbaho ko‘chmas mulk va avtomashinalar alohida soliq solinadi.