Qarshi shahridagi Shodlik mahallasida joylashgan 2-sonli xaroba yotoqxonada 3 sentyabr kuni baxtsiz hodisa kuzatildi.
Bu haqda «Nasafnews» xabar bermoqda.
Yotoqxonaning 4-qavatida joylashgan uylardan birida yashovchi 1987 yilda tug‘ilgan erkak M.N. yon qo‘shnilari bilan janjallashib qolgan. Qo‘shnilar unga o‘tkir tig‘li buyumlar bilan jarohat yetkazgani aytilmoqda. Fuqaro esa o‘zini himoya qilish maqsadida uyiga kirib, ustidan qulflab derazadan daraxtga sakramoqchi bo‘lgan. Ammo daraxtgacha yeta olmay, qulab tushib voqea joyida halok bo‘lgan. Bu ma’lumotlarni voqeaga guvoh bo‘lgan marhumning boshqa qo‘shnilari aytmoqda.
Hozirda marhum yashagan xonadon huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan muhrlangan. Prokuratura organlari tergovga qadar tekshiruv ishlarini olib bormoqda.