So‘nggi vaqtlarda fuqarolardan Ukraina atrofidagi vaziyat bo‘yicha ayrim masalalarga oydinlik kiritish maqsadida murojaatlar ko‘payganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi quyidagilarni ma’lum qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi o‘zining tashqi siyosatini amalga oshirishda milliy manfaatlarga, asosiy tamoyillar sanaluvchi, jumladan, ochiqlik, teng huquqlilik, suverenitet, hududiy yaxlitlikni hurmat qilish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik kabi ustuvorliklarga doimo sodiqdir.
O‘zbekiston mavjud vaziyatni xalqaro huquq normalaridan kelib chiqib siyosiy-diplomatik yo‘l bilan hal etish uchun shartlarni imkon qadar tezroq ishlab chiqish tarafdoridir.
O‘zbekiston Respublikasi hududiga kelayotgan Rossiya Federasiyasi fuqarolari sonining ko‘payishiga to‘xtaladigan bo‘lsak, ularning mamlakatimizda bo‘lish masalasi, shuningdek, ehtimoliy ekstradisiya qilinishi O‘zbekiston qonunchiligi, ikki tomonlama va ko‘p tomonlama huquqiy hujjatlar asosida tartibga solinishini qayd etamiz.
Shu bilan birga, huquqbuzarlik sodir qilmagan xorijiy davlat fuqarolari majburiy deportasiya qilib yuborilmaydi.