«Insofsiz ijrochilarning yagona reyestri» yuritiladi;
IT-ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun 1 milliard so‘mgacha grantlar ajratiladi;
Ko‘p kvartirali uy-joylarni zilzilabardoshlik bo‘yicha xatlovdan o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;
Mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlab (xatlab) qo‘yilgani to‘g‘risidagi elektron ma’lumotlar banki joriy etiladi;
Qoraqalpog‘istonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xorijiy davlatlarga eksport qilish xarajatlarining 70 foizi qoplab beriladi;
«Nurli maskan» maktablari negizida ko‘zi ojiz bolalarni maktabga tayyorlovchi bir yillik muddatli tayyorlov guruhlari tashkil qilinadi;
Quyosh va shamol elektr stansiyasi hamda quyosh suv isitish qurilmalarini 3 yil mobaynida foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lagan holda sotib olish imkoniyati yaratiladi;
Bolalarga mo‘ljallangan tele- va radiomahsulotlarni ishlab chiqarish va efirga uzatish bo‘yicha eng yaxshi loyihalarga tanlov e’lon qilinadi.