Internetda mualliflik huquqlarini himoya qilishga oid xalqaro bitim tasdiqlandi

“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–385-son, 03.10.2022 y.) qabul qilindi.

Qaror bilan 2021 yil 12 noyabrda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi-davlatlarining Hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishida imzolangan MDH ishtirokchi-davlatlarining axborot-telekommunikasiya tarmoqlarida mualliflik va turdosh huquq ob’yektlariga bo‘lgan huquqlarni muhofaza va himoya qilish bo‘yicha hamkorligi to‘g‘risidagi Bitim tasdiqlandi.

Adliya vazirligi va Axborotlashtirish va telekommunikasiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul hisoblanadi.