Рекламангиз учун жой

Формат: 1200x90px | Боғланиш: info@ogoh.uz

Hamid Olimjon haqida hujjatli film ishlandi. Bugun premyera

23.09.2021 10:23

108

Фильм Кинематография агентлиги буюртмасига биноан “New sight media” студияси ҳамда Ўзбекистон давлат консерваторияси билан ҳамкорликда суратга олинган.

Bugun soat 18:00da Adiblar xiyobonida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “New sight media” studiyasi hamda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi bilan hamkorlikda suratga olingan “Ona yurt kuychisi” hujjatli filmi premyera qilinadi. Kinokartina o‘zbek adabiyotining yorqin vakili Hamid Olimjon hayoti va ijodiga bag‘ishlangan. Bu haqida Kinematografiya agentligi xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil Adiblar xiyoboniga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari yuzasidan «Xalq yuragi» turkumi ostida tayyorlandi.

Ssenariy muallifi Naim Karimov, rejissyor Ibrohim Rasulov, operator Ahmadjon Sodiqov, kompozitor Doniyor Agzamov, rassom Komil Allaberganov.

Adiblar xiyobonida bo‘lib o‘tayotgan barcha premyeralar “Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida o‘tkazilmoqda.

Улашиш:

Ellipsis Сўнгги янгиликлар

Ellipsis Энг кўп ўқилаётган