Рекламангиз учун жой

Формат: 1200x90px | Боғланиш: info@ogoh.uz

O'zbekiston mahkumlar bo'yicha dunyo reytingida nechanchi o'rinda?

25.10.2021 10:27

3

Qamoqxonalardagi mahkumlar soni bo‘yicha mamlakatlar reytingi eʼlon qilindi. Mazkur reytingda O‘zbekiston 223 o‘rindan 179-o‘rinni egallagan. Bu haqda Uznews.uz “World prison brief (WPB)”ga tayanib...

Qamoqxonalardagi mahkumlar soni bo‘yicha mamlakatlar reytingi eʼlon qilindi. Mazkur reytingda O‘zbekiston 223 o‘rindan 179-o‘rinni egallagan. Bu haqda Uznews.uz “World prison brief (WPB)”ga tayanib xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, mamlakatda har bir 100 ming kishiga 68 nafar mahkum to‘g‘ri keladi. Qamoqxonalarda esa 22 867 nafar o‘zbekistonlik mavjud.

Reytingda yetakchilikni AQSH qo‘lga kiritgan — har bir 100 ming kishiga 629 nafar mahkum.

Eng oxirgi 223-o‘rinni hududida bitta ham mahkum bo‘lmagan San-Marino egallagan.

Улашиш:

Ellipsis Сўнгги янгиликлар

Ellipsis Энг кўп ўқилаётган