Рекламангиз учун жой

Формат: 1200x90px | Боғланиш: info@ogoh.uz

Antirekord: Kecha 1000 dan ortiq odam koronavirusga chalindi

17.01.2022 10:33

11

Kecha koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha kunlik ko‘rsatkich 1000 dan oshib, pandemiya boshidan buyon rekord darajaga yetdi 2022 yil 16 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus...

Kecha koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha kunlik ko‘rsatkich 1000 dan oshib, pandemiya boshidan buyon rekord darajaga yetdi

2022 yil 16 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 206122 (+1037) nafarni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1518 nafarni tashkil qildi.

So‘nggi kunlarda yurtimizda koronavirusga chalinish holatlari soni tobora ortib boryapti. Bu esa baʼzi hollarda aholining sarosimaga berilishiga sabab bo‘lmoqda.

To‘g‘ri, virusning yangi shtammi avvalgi mutatsiyalarga nisbatan yuquvchanligi ancha yuqori, biroq unga chalingan aksariyat bemorlarda kasallik yengil darajada kechib, asosan respirator belgilar bilangina namoyon bo‘layotir. Shu sababli yurtdoshlarimizdan ortiqcha xavotirga berilmasliklarini, karantin qoidalariga qatʼiy rioya etib, koronavirusga qarshi to‘liq emlanishlarini so‘raymiz.

Unutmang, vaksinatsiya kasallikdan himoya emas, uni osonroq o‘tkazish uchun yagona chora. O‘zingiz va yaqinlaringizni virusdan himoyalang va emlaning!

Mavzuga oid:

https://ogoh.uz/27470/

Улашиш:

Ellipsis Сўнгги янгиликлар

Ellipsis Энг кўп ўқилаётган