Рекламангиз учун жой

Формат: 1200x90px | Боғланиш: info@ogoh.uz

O‘zbekiston san’at arbobi, professor, teatr rejissyori Jo‘ra Mahmudov vafot etdi

24.01.2022 08:50

52

O‘zbekiston san’at arbobi, professor, teatr rejissyori, pedagog Jo‘ra Mahmudov vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi. Jo‘ra Mahmudov faoliyati davomida «Ona»,«Qiyomat qarz»,...

O‘zbekiston san’at arbobi, professor, teatr rejissyori, pedagog Jo‘ra Mahmudov vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.

Jo‘ra Mahmudov faoliyati davomida «Ona»,«Qiyomat qarz», «Insonlikka nomzod», «Og‘riq tishlar», «Soxta oqsuyak», «Qayerdasan, jon bolam», «Qirol Lir» va boshqa spektakllarni sahnalashtirgan. Har bir spektaklni badiiy-g‘oyaviy yuksakligi, ta’sir kuchini oshirishda tasviriy musiqiy, texnik vositalardan unumli foydalangan.

Jo‘ra Mahmudov «Adolat kuni», «Ovsinlar», «Sadoqat» kabi sahna asarlari, «Osmondan tanga yoqqan kun», «Tomchi», «Alpomish», «Ikkivoy va Beshvoy» kabi kichik tomoshabinlarga bag‘ishlangan ertak-pyesalar ham yozgan.

Ogoh.uz tahririyati marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

Улашиш:

Ellipsis Сўнгги янгиликлар

Ellipsis Энг кўп ўқилаётган