Рекламангиз учун жой

Формат: 1200x90px | Боғланиш: info@ogoh.uz

Toshkentda 17 yoshli qizga tegajog‘lik qilishga uringan erkak qamoqqa olindi

24.05.2022 09:07

16

Avvalroq, Toshkentda erkak 17 yoshli qizga tegajog‘lik qilishga uringani haqida xabar berilgandi. Poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi holat bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumot berdi....

Avvalroq, Toshkentda erkak 17 yoshli qizga tegajog‘lik qilishga uringani haqida xabar berilgandi.

Poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi holat bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumot berdi.

Unga ko‘ra, voyaga yetmagan qizga nisbatan nomunosib xatti-harakatlar sodir etgan Y.B. (1974 yilda tug‘ilgan) ushlangan. U Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183- (mayda bezorilik) va 194-moddasi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) bilan javobgarlikka tortilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudining qaroriga asosan ushbu shaxsga nisbatan 10 sutka maʼmuriy qamoq hamda jarima jazosi tayinlangan.

Улашиш:

Ellipsis Сўнгги янгиликлар

Ellipsis Энг кўп ўқилаётган