Рекламангиз учун жой

Формат: 1200x90px | Боғланиш: info@ogoh.uz

Tafakkur vaqti: QABUL BOʻLMAGAN DUO

13.08.2022 20:38

15

Bir oʻgʻri ilonchining ilonini oʻgʻirladi. U oʻljasini oʻziga gʻanimat deb oʻyladi. Ilon juda zaharli edi. Oʻgʻrini chaqib, qiynab-azoblab oʻldirdi. Ilonchi oʻgʻrining oʻlganini eshitgach, uni...

Bir oʻgʻri ilonchining ilonini oʻgʻirladi. U oʻljasini oʻziga gʻanimat deb oʻyladi. Ilon juda zaharli edi. Oʻgʻrini chaqib, qiynab-azoblab oʻldirdi.

Ilonchi oʻgʻrining oʻlganini eshitgach, uni oʻzining iloni chaqqanini angladi. Oʻziga oʻzi: “Men qancha iztirob chekkandim. «Oʻgʻrini topsamu, ilonimni qaytib olsam”, deb duolar qildim. Allohga shukrki, duolarim qabul boʻlmadi. Zarar deb bilganim, aslida, men uchun foydali ekan», dedi.

Qanchadan-qancha duolar borki, duo qiluvchi istagini xayrlik deb oʻylaydi. Lekin u zararli boʻladi. Yana shunday duolar borki ular xayrli boʻladi, lekin soʻralmaydi oʻrniga boshqa fitna boʻlgan narsalarni soʻraydi. Buyuk fazl va marhamat sohibi, cheksiz hikmat egasi Alloh taolo bandalariga mehribonligidan bu kabi duolarni qabul qilmaydi.

“Masnaviy”dan

Улашиш:

Ellipsis Сўнгги янгиликлар

Ellipsis Энг кўп ўқилаётган