Рекламангиз учун жой

Формат: 1200x90px | Боғланиш: info@ogoh.uz

Putin Xitoy va Mo‘g‘uliston bilan milliy valyutalarda hisob-kitoblarga o‘tishga chaqirdi

16.09.2022 09:37

56

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xitoy va Mo‘g‘uliston bilan savdoda milliy valyutadagi hisob-kitoblarga o‘tishga chaqirdi. “O‘zaro savdo ayirboshlash hajmining o‘sishiga, shubhasiz, uch...

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xitoy va Mo‘g‘uliston bilan savdoda milliy valyutadagi hisob-kitoblarga o‘tishga chaqirdi.

“O‘zaro savdo ayirboshlash hajmining o‘sishiga, shubhasiz, uch mamlakatimizning tijorat hisob-kitoblarida milliy valyutalardan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha izchil yo‘nalishlari yordam bermoqda”, — deya uning so‘zlarini keltiradi TASS.

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, avvalroq XXR Raisi Si Szinpin bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda yetakchilar mamlakatlar o‘rtasida milliy valyutadagi hisob-kitoblar ulushi 27,5 foizga oshganini ta’kidlagan edi.

“Shu nuqtai nazardan, iloji boricha, Rossiya bankining moliyaviy xabar almashish tizimi va Xitoy transchegaraviy to‘lovlar tizimi kabi milliy to‘lov platformalariga o‘tish muhim bo‘lardi”, — deya qo‘shimcha qildi Putin.

Улашиш:

Ellipsis Сўнгги янгиликлар

Ellipsis Энг кўп ўқилаётган