Рекламангиз учун жой

Формат: 1200x90px | Боғланиш: info@ogoh.uz

2500 dan ziyodni kitobni o'z ichiga olgan "Kitob karvoni" Qashqadaryoda

14.06.2023 14:43

4

"Yoshlar oyligi" doirasidagi bir guruh "Ma'rifat" targ'ibotchilari Qashqadaryo viloyatida bo'lib turibdi. Tashrif doirasida targ'ibotchilar  tomonidan Qarshi shahridagi "Abdulla Oripov" nomidagi...

"Yoshlar oyligi" doirasidagi bir guruh "Ma'rifat" targ'ibotchilari Qashqadaryo viloyatida bo'lib turibdi.

Tashrif doirasida targ'ibotchilar  tomonidan Qarshi shahridagi "Abdulla Oripov" nomidagi ixtisoslashtirilgan ijod maktabida "Kitob karvoni" loyihasi tashkil etildi. Ushbu karvondan 2500 dan ziyod badiiy va ilmiy ommabop adabiyotlar o'rin olgan. Ushbu asarlar viloyatdagi oliy taʼlim muassasalariga yoʻl oldi.

Tadbirda "Maʼrifat" targʻibotchilar jamiyati aʼzolari, yuridik fanlari doktori, professor Feruza Muhitdinova, filologiya fanlari nomzodi Olimjon Toshboyev, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar Bahodir Nishonov, Mehmonali Salimov, Dilfuza Rahimova, kino va teatr aktrisalari Oygul Abdurahmonova hamda Barno Qodirova, xonandalar Faxriddin Nazarov, Adolat Ismoilova va Nafisa Farmonova ishtirok etdi.

Tadbir davomida Abdulla Oripov haykali poyiga gulchambar qoʻyildi. Abdulla Oripov maktabidagi shoir sharafiga tashkil qilingan muzeyga tashrif buyurishdi.

Улашиш:

Ellipsis Сўнгги янгиликлар

Ellipsis Энг кўп ўқилаётган