10 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan narkobaron Dubayda qo‘lga olindi

Dubay politsiyasi Yevropaga noqonuniy ravishda millionlab dollarlik giyohvand moddalarni olib kirgan, «Arvoh» laqabli fransiyalik narkobaron Mufid Bushibini hibsga oldi. Bu haqda «Interfaks» xabar bergan.  

«Garchi fransuz detektivlarida Bushibining 20 yillik fotosurati bo‘lgan bo‘lsa-da, bizning tezkor guruhlarimiz mavjud ma’lumotlarni, fotosuratlar va video materiallarni tahlil qilish hamda sun’iy intellektning ilg‘or texnologiyalaridan foydalangan holda uning joylashgan joyini topishga muvaffaq bo‘lishdi», degan Dubay politsiyasi xodimi Jamol Salam al-Jallafa. 

Bushibi 10 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan va soxta hujjatlar ishlatib kelgan. 

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, narkobaron Yevropaga yiliga 60 tonna giyohvand moddalarni olib kirgan, ularning taxminiy qiymati 82,6 million dollarni tashkil qilgan. 

2015 yilda Bordo sudi (Fransiya) uni sirtdan 20 yillik qamoq jazosiga hukm qilgan.

Leave a comment

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *