Joriy yilning 14 sentyabrida Xiva shahrida «Xiva – turkiy dunyo madaniyati poytaxti» deya eʼlon qilinishi oldidan gala-konsert bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni bosh vazir o‘rinbosari, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov ushbu davraga yig‘ilgan davlat vakillarini qizg‘in qutlash bilan boshlab berdi.
Shu bilan birga Turksoy xalqaro tashkiloti direktori o‘rinbosari Bilol Chakiji, YuNESKOning O‘zbekistondagi vakili Gabriella Ramoslar madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Xiva shahri hokimini shaharning 2021-yil «Turkiy davlatlar madaniyati poytaxti» deb eʼlon qilinganligi bilan qutlab, sertifikatni tantanali ravishda topshirdilar.
Tadbir davomida ushbu hamda shuningdek tadbirlar, Turksoy kabi xalqaro tashkilotlarga aʼzo bo‘lishi yurtimiz madaniyati va tarixini targ‘ib etishga xizmat qilishi aytildi.