YTH natijasida bir bola vafot etdi. Mashinalarning birini Milliy gvardiya xodimi boshqargan deyilmoqda

Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanida shu yil 12 sentyabr kuni soat 01:30 larda «Damas» va «Matiz» to‘qnashdi. Bu haqda «Everyday.uz» yozmoqda.

YTH natijasida «Damas» yo‘l chetida turgan 14 yoshli bolani urib yuborgan. Natijada bola shifoxonada vafot etgan. Shundan so‘ng bolaning otasi videomurojaat yo‘llab, Matizni Milliy gvardiya xodimi boshqarganini aytgan. Shuningdek, surishtiruv davomida ushbu avtomobil haydovchisi mast holatda bo‘lgani aniqlangan.

Hozircha otaning murojaati yuzasidan rasmiy izoh berilmadi. Holat yuzasidan JKning 266-modda 2-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Leave a comment

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *