Yanvar-avgust oylarida nikoh qayd etilganlar orsidan 53 nafar kuyov kelinlarning familiyasini olgan

FHDYo organlari tomonidan 2021 yilning yanvar-avgust oylarida jami 175 088 ta nikoh qayd etildi.

Ushbu davrda nikohlanuvchilardan 58 nafar kelin va kuyovlarmiz qo‘sh familiyaga, ya’ni nikohlanuvchilar familiyalarining qo‘shilishi orqali hosil bo‘lgan familiya(masalan, kuyov Axmedov kelin Shuxratova, shunda kelin Axmedova-Shuxratova bo‘ladi)ga ega bo‘ldi.

Qayd etilgan nikohlanuchi qizlardan 545 nafari bo‘lg‘usi kuyovlarning familiyalarini umumiy familiya sifatida tanlagan bo‘lsa, 53 nafar nikohlanuvchi kuyovlar kelinlarning familiyalarini umumiy familiya sifatida tanlagan.

Leave a comment

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *