Umumiy emlash statistikasiga ko‘ra, Farg‘ona, Namangan va Andijon viloyatlari emlash jarayonlarida peshqadam bo‘lib turibdi.
15 sentyabr holatiga ko‘ra, umumiy qo‘llangan dozalar bo‘yicha Farg‘ona viloyati (1 991 751 doza);
birinchi dozani olgan fuqarolar bo‘yicha Andijon viloyati (1 155 375 doza);
koronavirusga qarshi to‘liq bosqichlarda emlangan fuqarolar soni bo‘yicha Farg‘ona viloyati (409 949 doza) yetakchilik qilmoqda.
Shu jumladan SSV 452 mingdan ziyod tibbiyot Сovidga qarshi emlanganligini ma’lum qitlldi.
15 sentyabr holatiga ko‘ra, tibbiyot xodimlarini emlash uchun 982 144 doza vaksina ishlatilgan.
452 205 nafar tibbiyot xodimi virusga qarshi 1 doza vaksinalari bilan emlangan bo‘lsa, ularning 324 253 nafari koronavirusga qarshi to‘liq emlangan.
Vaksina olishi lozim bo‘lgan tibbiyot xodimlarining 71,6 foizi to‘liq emlandi.
15 sentyabr holatiga ko‘ra, maktab o‘qituvchilarini emlash uchun ham jami 1 128 359 doza vaksina ishlatilgan.
499 886 nafar muallim virusga qarshi 1-doza vaksinalari bilan emlangan bo‘lsa, ularning 274 731 nafari koronavirusga qarshi to‘liq emlangan.