Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Shayxontohur tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar D.V., S.X. va I.J.lar, kuchli ta’sir qiluvchi 100 dona “Regapen” nomli dori vositasini 2,5 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanib, ulardan jami 112 dona “Regapen” nomli dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Xuddi shunday, Shayxontohur tuman bo‘limi tomonidan DBQ va IIV xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan yana bir tezkor tadbirda, fuqaro L.A. hech qanday hujjatlari bo‘lmagan tibbiy buyumlar turkumiga kiruvchi jami 20 000 dona rentgen plyonkalarini xaridorga 14 000 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizasiya qilish, shuningdek tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini resept bo‘yicha chakana realizasiya qilish tartibini buzish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.