Ukasining uyini sotib yubormoqchi bo‘lgan fuqaroga chora ko‘rildi

Jarqo’rg’on tumanida 2021 yil 14 sentyabr kuni tuman IIB huzuridagi tergov bo’limining xabariga ko’ra, Toshkent viloyati Chirchiq shahrida doimiy ro’yxatda turib, vaqtincha Jarqo’rg’on tumani «Ulug’bek» mahallasida yashovchi, A.Rustam marhum ukasi A.Rashidga tegishli bo’lgan, «Ulug’bek» mahallasi hududida joylashgan uyni 2021 yil 6 mart kunida mahalladoshi, M.Gulnoraga 24.000 (yigirma to’rt ming) AQSh dollariga sotishga va pullarni 2021 yil 1 avgust kuniga qadar olishga kelishib, boshidan 1000 (bir ming) AQSh dollari olishga erishib, ushbu pullarni o’zining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlangan. 14 sentyabr kuni A.Rustamga nisbatan O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo’zg’atilgan.

Leave a comment

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan