20 sentyabr kuni AQSHning Kornel universiteti, Fransiyaning Insead biznes maktabi va Butunjahon intellektual mulk tashkiloti Global innovasion indeks reytingini e’lon qildi.
O‘zbekiston Global innovasion indeks reytingida 132 davlat orasida 86-o‘rinni egalladi. Bundan avval mamlakatimiz reytingda 2020 yil 93-o‘rin va 2015 yilda 122 o‘rinlarni egallagan edi.
Global innovasion indeksi 20 sentyabr sanasida e’lon qilgan nashrining nomi “SOVID-19 inqirozi orqali innovasiyalarni kuzatish” bo‘lib, hisobot SOVID-19 inqirozning global innovasiya ko‘rsatkichlariga ta’sirini baholaydi.
Global innovasion indeks reytingida Shveysariya — 1-o‘rin, Xitoy — 12-o‘rin Rossiya — 45-o‘rin, Qozog‘iston — 79-o‘rin, Qirg‘iziston — 98-o‘rin, Tojikiston — 103-o‘rinni egalladi.