Xususiy shifoxonalar kimlarga bepul xizmat ko‘rsatishi haqida ma’lum qilindi

Xususiy shifoxona tomonidan kimlar bepul davolanishi mumkin?

Qonunchilikka ko‘ra, 2022 yil 1 yanvargacha xususiy tibbiyot muassasalari (stomatologiya va kosmetologiya xizmatlaridan tashqari) tibbiy xizmatlar ko‘rsatishdan bo‘shaydigan mablag‘larni aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatishga yo‘naltirganda barcha turdagi soliqlar to‘lashdan ozod etilgan.

Bunda, soliq imtiyozi taqdim etilgan xususiy tibbiyot muassasalari tomonidan aholining quyidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatiladi:

– o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va yolg‘iz yashovchi keksalar;
– I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, nogironligi bo‘lgan bolalar;
– muomalaga layoqasiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolar;
– ijtimoiy ahamiyatga molik kasalliklarga chalingan shaxslar;
– yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar;
– 1941–1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek ularga tenglashtirilgan shaxslar;
– 1941–1945 yillardagi urush davrida mehnat jabhasining qatnashchilari;
– qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ijtimoiy himoyaga muhtoj deb topilgan boshqa shaxslar.

Leave a comment

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan