II–Xalqaro Baxshichilik festivali g‘oliblari aniqlandi

22 ta davlatdan tashrif buyurgan iqtidor egalari ishtirokida joriy yilning 17-sentyabridan buyon Nukus shahrida II-Xalqaro baxshichilik festivali o‘tkazilayotgan edi. Kecha Nukus shahridagi Markaziy amfiteatrda festival g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Taqdirlash marosimi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov tomonidan ochib berilgan.

Quyida II – Xalqaro baxshichilik san’ati festivali g‘oliblari bilan bilan tanishishingiz mumkin:

«Festivalda milliy san’atini targ‘iboti uchun» nominasiyasi sovrindori — Timko Chichakovski (Makedoniya)
«Baxshichilik san’ati festivalining yoshi ulug‘ ishtirokchisi» nominasiyasi sovrindori — Drajik Bugarin (Serbiya)
«Xalqlarning qadimiy meros targ‘ibotchisi» nominasiyasi sovrindori — Nusrat Ansariy (Hindiston)
«Ajdodlarning unutilayotgan urf-odatlarini tarannum etgani uchun» nominasiyasi sovrindori — Tolgaxan Tiktash (Turkiya).
«Baxshichilik san’ati orqali do‘stlik rishtalarini tarannum etgani uchun» nominasiyasi sovrindori — Talgat Urinbekov (O‘zbekiston)
«Hay’at a’zolarining mehrini qozongan ishtirokchi» nominasiyasi sovrindori — Mukimjon Kamolov (Tojikiston)
«An’analarga sodiq baxshi» nominasiyasi sovrindori — Qahhor Raximov (O‘zbekiston)
«Muxlislar e’tirofiga sazovor bo‘lgan eng yaxshi ishtirokchi» nominasiyasi sovrindori — Kelema (Madagaskar)
«Qadriyatlar davomchisi» nominasiyasi sovrindori — Ravshan Mamatmuratov (O‘zbekiston)
«Baxshichilik san’ati jonkuyari» nominasiyasi sovrindori — Bahrom Raximov (O‘zbekiston)

Tanlov g‘oliblari:
3-o‘rin sohibi — Samad Kochobayev (Qirg‘iziston)
3-o‘rin sohibi — «Kaukasus» guruhi (Gruziya)
3-o‘rin sohibi — Xosseyin Geylan (Eron)
3-o‘rin sohibi — Baxshiqul Tog‘ayev (O‘zbekiston)

2-o‘rin sohibi — Elmira Jangabergen (Qozog‘iston)
2-o‘rin sohibi — Mubariz Aliyev (Ozarbayjon)
2-o‘rin sohibi — Aleksey Xovalyag (Rossiya, Tuva)
2-o‘rin sohibi — Gulbahor Aximbetova (O‘zbekiston)

1-o‘rin sohibi — Feruz Normatov (O‘zbekiston)
1-o‘rin sohibi — Yuliana Krivoshapkina (Rossiya, Yakutiya)

Gran pri sohibi — Janibek Piyazov (O‘zbekiston)

Tanlov g‘oliblari quyidagicha taqdirlandi:
3-o‘rin — 1.250 AQSH dollari
2-o‘rin — 1.750 AQSH dollari
1-o‘rin — 5000 AQSH dollari
Gran-pri sohibi — 7000 AQSH dollari

Leave a comment

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *