«Surxon» jamoasi futbolchilari va rahbariyat o‘rtasidagi urush nima sababdan kelib chiqqan?

Ijtimoiy tarmoqlarda “Surxon” jamoasi futbolchilari va rahbatiyati o‘rtasida maosh to‘lanmaganligi sababli janjal chiqqani to‘g‘risida video tarqamoqda. Mazkur holat bo‘yicha Toshkent shahar Ichki Ishlar Bosh Boshqarmasi bayonot berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 17-sentyabr kuni “Surxon” futbol klubi binosida sobiq futbolchilar J.E. va A.X. hamda jamoa sardori A.G. o‘rtasida futbolchilar bino devoriga rahbatiyat nomiga haqoratli yozuvlar qoldirganliklari tufayli kelishmovchilik yuzaga kelgan. Shu kunning o‘zida Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMBga sportchilardan badan shikastlari yetkazilgani to‘g‘risida ariza kelib tushgan.
Mazkur fakt bo‘yicha tergov oldi tekshiruvi olib borilmoqda. Shuningdek, sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy chora ko‘rilishi ham ta’kidlangan.

Leave a comment

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *