Bugun, 21 sentabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatdagi diplomatik missiyasi yakunlanishi munosabati bilan Saudiya Arabistonining Favqulodda va Muxtor yelchisi Hisham al-Suveylimni qabul qildi.
Tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.
Uchrashuvda 2017-2021 yillar davomida elchining unumli mehnat qilishi qayd yetildi. Qayd yetilganidek, bu davrda O‘zbekiston bilan Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi hamkorlik izchil rivojlanib, mustahkamlanib bormoqda.
Elchi o‘z navbatida O‘zbekiston tomoniga O‘zbekistondagi diplomatik faoliyatini amaliy qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirdi.