Diniy taʼlim muassasalari muallimlari va talabalarining moddiy taʼminoti oshiriladi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi Oliy hayʼatining maxsus Qarori bilan Oliy va O‘rta maxsus islom bilim yurtlari muallimlari oylik maoshlari va stipendiyalari 20 sentyabrdan boshlab qariyb ikki barobar oshiriladigan bo‘ldi.
Hayʼat, shuningdek pandemiya sharoitida murakkab moliyaviy vaziyatga tushib qolgan masjidlar xodimlariga ham moliyaviy ko‘mak ko‘rsatish to‘g‘risida tegishli qaror chiqardi.


Avvalroq, mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan “VAQF” fondi tomonidan mamlakatimiz bo‘ylab har bir viloyatdan 30 nafar, jami 420 nafar moddiy ko‘makka ehtiyoji bor diniy soha xodimlari — imom xatib va noib imomlarning har biriga 1 000 000 so‘mdan jami 420 000 000 so‘m pul va oziq-ovqat mahsulotlari xayriya qilingandi.

Leave a comment

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *