«O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qarori hamda «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasi tarkibida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi.
Unga ko‘ra, Bekzod Baxtiyorovich Akramov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari kotibiyati Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish hamda byudjet, soliq va bojxona siyosatini muvofiqlashtirish masalalari shuʼbasi mudiri etib;
Zafar Rayimovich Ruziyev O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti mudirining o‘rinbosari – Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tilini rivojlantirish faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi mudiri etib;
Uchqun Abdivoxidovich Maxmudov esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamentining Atamashunoslik va toponimik obyektlarga nom berish faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi mudiri etib tayinlandi.