Afgʻon Islom Amirligi Afgʻonistonning BMTdagi doimiy vakilini oʻzgartirish borasidagi xat bilan murojaat qildi, deya xabar beradi Reuters.
Tolibon hukumatni oʻz qoʻl ostiga olganidan soʻng endi «yuqori doiralarda ham ishtirok etishi kerak» deb hisoblaydi. Ayni damda tuzilgan hukumat Muhammad Suhayl Shohinni ushbu oʻringa loyiq deb hisoblashi hamda unga tegishli ishonchnoma berilishini soʻrab, Ishon yorliqlari qoʻmitasiga murojaat qilgan.
Xat 20-sentabrda, navbatdagi sessiya boshlanishidan bir kun avval yozilgan boʻlib, unda janob Shohinning «toʻliq ishonchli» ekani keltirilgan hamda sobiq prezident Ashraf Gʻani «qochqin» deyilgan.
Mazkur qoʻmita 9 vakildan iborat boʻlib, ayni damda AQSh, Rossiya, Xitoy, Bagama orollari, Butan, Chili, Namibiya, Syerra -Leone va Shvetsiya vakillaridan tarkiblangan. Tarkibga koʻra, ishonch yorliqlari berilish ehtimoli oz. Xususan, Rossiyada «Tolibon» hanuz terroristik tashkilot maqomida qolgan.
Aytib oʻtish joiz, Tolibonning avvalgi hukmronlik davrida ham oʻxshash murojaati qanoatlantirilmagan edi.