Bugun soat 08:37 da «Xalqlar do‘stligi» bekatida nosozlik sodir bo‘ldi. Bu haqida «Toshkent Metropoliteni» UK ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, «Xalqalar do‘stligi» bekatida 13 yo‘nalishdagi harakat tarkibining 2 vagonidagi 4 eshiklari texnik nosozlik tufayli yopilmay qolgan. Harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida yo‘lovchilar ushbu poyezddan tushirilgan. Ortdan kelayotgan 5 yo‘nalishdagi harakat tarkibi bir daqiqada yetib kelib yo‘lovchilarni olib ketgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin ham Gʻafur Gʻulom bekatidan Chorsu bekatiga harakatlanishi lozim bo‘lgan 41 yo‘nalishdagi poyezdda havo taqsimlanish tizimida texnik nosozlik yuzaga kelgani haqida xabar bergan edik.