Joriy yilning 22 sentyabr kuni Andijon shahridagi 2-maktab o‘quvchilari o‘rtasida pichoqbozlik sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 13:20 da M. ismli yigit 2-sonli maktabi oldida 3 nafar tanishi bilan ko‘rishgan, shundan so‘ng gaplashib olish maqsadida kafe yoniga borgan. U yerda o‘zaro kelishmovchilik sababli yigitlar o‘rtasida janjal yuzaga kelgan. Janjal vaqtida M. yonidagi yig‘ma pichoq bilan 3 nafar tengdoshiga jarohat yetkazgan.
“Ikki oshnam bilan hazillashayotganimda qolganlari kelib, sen bizni ham gapiryapsan, deb aralashdi. Shundan so‘ng urishib ketdik”, deydi M.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.