MIB UzAuto Motors’dan davlat foydasiga 257 mln so‘m boj undirdi

Majburiy ijro byurosi Asaka tumani bo‘limi tomonidan sud qaroriga asosan UzAuto Motors aksiyadorlik jamiyatidan respublika byudjetiga 257 million so‘mdan ortiq davlat boji undirildi. Bu haqda «Daryo» muxbiri Umidjon Mamarasulov xabar bermoqda.

MIB viloyat boshqarmasi axborot xizmatining aniqlik kiritishicha, Toshkent shahar sudi iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atining 2021 yil 13 avgustidagi qaroriga asosan da’vogar Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasining mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi UzAuto Motors AJ hisobidan respublika byudjetiga 257 million 679 ming 319 so‘m davlat boji undirilishi bo‘yicha ijro varaqasi kelib tushgan.

Olib borilgan ijro harakatlari natijasida korxona tomonidan respublika byudjetiga belgilangan mablag‘lar undirilishi ta’minlandi.

Qo‘shimcha qilinishicha, kelgusida mazkur pullarning ma’lum bir qismi «temir daftar», «ayollar daftari» va «yoshlar daftari»ga kiritilgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash uchun yo‘naltirilishi belgilangan.

Leave a comment

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan