Belorus yetakchisi aniqlik kiritishicha, uning Administrasiyasida mafkurafiy, siyosiy va kadrlar masalasi kun tartibida turibdi. Prezident vakolatlarini berish masalasini Konstitusiyani buzmasdan amalga oshirish zarur. Bu haqda Aleksand Lukashenko Mustaqillik saroyida bo‘lib o‘tgan Hukumat yig‘ilishida ma’lum qildi.
«Men Prezident Adminstrasiyasidan bir haftadan keyin bunday yig‘ilishni Administrasiya bilan o‘tkazishni rejalashtirishni so‘radim. Bizda Administrasiya yo‘nalishida ko‘p masalalar yig‘ilib qolgan. Qolaversa, tez orada referendum o‘tkaziladi.
Shu sababli parlament a’zolari, administrasiya va hukumatni bu jarayonlarga jalb etish lozim. Besh yoki olti masala ko‘riladiyu Ikkita yig‘ilish o‘tkazishimiz zarur. Bu majlislarda prezident vakolatlari va ularni taqdim etish ko‘rib chiqilishi kerak. Vakolatlar hukumatga, mahalliy organlarga va boshqalarga o‘tkaziladi”.
Avvalroq, yangi Konstitusiya loyihasi muhokama qilinishi haqida kelishib olingan edi. Buning uchun turdosh komissiya vakillari bilan uchrashish lozim.
«Kelgusida Konstitusiya loyihasi bo‘yicha professional ishlash uchun uncha katta bo‘lmagan aniq guruhni tuzamiz. Shuning uchun uning qanday ishlashi bo‘yicha ham muhokama qilib olishimiz kerak», — deya alohida ta’kidladi Lukashenko.
Shu tariqa ma’lum bo‘layaptiki, Konstitusiyaviy qo‘mita yig‘ilishi 28 sentyabrda bo‘lib o‘tishi mumkin. 2020 yil avgustda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlaridan keyin mamlakatni qamrab olgin noroziliklar to‘lqini va Gʻarbning kuchli bosimi Lukashenkoni Belorus Konstitusisini o‘zgartirishga undadi. Yangi Konstitusiya qabul qilinishi bilan o‘z lavozimini tark etishini ham bildirgan.
Konstitusiyaviy komissiya o‘z ishini 2021 yil martda boshlagan. Tuzilma avgustda tuzatishlar bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflarni Lukashenkoga ko‘rib chiqish uchun kiritgan. Referendum esa 2022 yil boshida bo‘lib o‘tishi zarur.