“Duradgor-usta” o‘g‘irlik qilib, ushlandi

17-sentyabr kuni Tut-tagi MFY hududida yashovchi fuqaro T.T. IIBga murojaat qilib, unda 16-sentyabr kunidan 17-sentyabr kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida nomaʼlum shaxs yashash xonadoniga duradgor sifatida kelib, uy yumushlari bilan chalg‘iganidan foydalanib, xonadon hovlisida bo‘lgan narxi 1.000.000 so‘mlik velosipedini yashirin ravishda o‘g‘irlab ketganini maʼlum qilgan. Bu haqda IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan Marg‘ilon shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni X.E sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Leave a comment

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan