“Toshkent shahri hokimidan xafaman” – Olimjon O‘sarov

O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi «O‘zbekistonda jurnalistlarning huquqiy himoyasi: muammo va yechimlar» mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda Jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisi Olimjon O‘sarov Toshkent shahar hokimining 2017 yil 10 avgustdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3195-son qarori ijrosini taʼminlamayotganidan norozi ekanligini bildirdi. Xususan Olimjon O‘sarov qarorning

— 2. Toshkent shahar hokimligi Uyushmani Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Islom Karimov ko‘chasi, 16-A uyga joylashtirilishini taʼminlasin.

— 4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Uyushma bilan birgalikda ehtiyojmand va faol jurnalistlarni imtiyozli ipoteka kreditlari asosida uy-joy yoki yer uchastkalari bilan taʼminlash ishlarini belgilangan tartibda yo‘lga qo‘ysin.

bandlarining ijrosiz qolayotgani, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi haliyam ijarada faoliyat yuritayotganini qattiq tanqid qildi.

«Toshkent shahar hokimi Prezident qarorini bajarishini so‘rardim», — deydi rais.

Leave a comment

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *