Dnestrning ifloslanishi va sayozlashuvi natijasida tez orada Moldova ichimlik suvisiz qolishi mumkin. Mazkur daryo Moldova va Ukrainadagi deyarli 8 million insonni suv bilan taʼminlaydi.
Shu yil yozda Ukrainaning Chernovitskaya viloyatida Dnestr GESning to‘rtinchi trubinasi ishga tushirilgan edi. Ekspertlarning so‘zlariga ko‘ra. Bu ekotizimning o‘zgarishiga olib kelmoqda va daryo qurimoqda.
Moldova, Ukraina va Ruminiya olimlari Yevropa Ittifoqining Qora dengiz dasturlari doirasida tadqiqotlar o‘tkazishdi. Ularning xulosasiga ko‘ra, Dnestrda ishlayotgan Ukraina GESi daryoning yo‘qolishiga sababchi bo‘lishi mumkin.
Loyiha ishtirokchisi, Moldova Fanlar akademiyasi muxbi aʼzosi Yelena Zubkovaning maʼlum qilishicha, hozir Dnestrda Yevropa va dunyodagi eng yirik gidroenergetik majmualar joylashgan. Bu esa daryoga tuzatib bo‘lmas zarar yetkazishi mumkin.
Dnestr GES qurilishi boshlanguniga qadar suvning maksimal darajasi 30 foizga, hajmi esa 10 foizga qisqarib ketgan.
Biologiya fanlari doktori, “Eco-Tiras” Dnestrni qutqarish assotsiatsiyasi rahbari Ilьya Trombitskiyning bildirishicha, agar Ukraina tomoni Dnestrda yana oltita GESni qurish rejasini amalga oshirsa, daryoning ahvoli sezilarli darajada yomonlashadi.
Moldova parlamenti atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha komissiyasiga raisi Yelena Bodnarenko esa 2019 yilda Dnestrda GESni qurishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilganiga qaramay, Ukraina tomoni Chernovits viloyatida baribir to‘rtinchi turbinani ishga tushirdi.
Biroq kuni kecha Moldova Ekologiya vazirligi tarqatgan press relizida daryo suvining hozirgi pasayish darajasi yilning ushbu mavsumi uchun meʼyor holatdir. “Bu jarayon yoz oxirida va kuz boshida yog‘inlar miqdori ko‘p bo‘lmagani bilan bog‘liq”, deyiladi xabarda.