2021 yil 24 sentyabr kuni 107 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, jami bemorlar soni 26818 nafarga yetdi. Kecha ularning 464 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 24866 nafarni tashkil qilmoqda.
Shuningdek, 2 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 223 nafarga yetdi. Bu haqda SSV ma’lum qildi.