Qashqadaryoda 4 xotinli erkakdan ayoli shikoyat qildi

Qashqadaryo viloyatida ayol o‘z eridan sudga shikoyat qildi. Uning iddao qilishicha, shar’iy nikohdagi eri uning ustiga yana bir xotin olgan. Bu hvqda «Zamon» informasion dasturida ma’lum qilingan.
Ma’lum bo‘lishicha, nikohni hech qanday diniy ma’lumotga ega bo‘lmagan fuqaro «azbaroyi savob umidida» sartaroshxonadayoq o‘qib qo‘ya qolgan.
Ayolning da’volariga ko‘ra, shar’iy nikohda uylangan turmush o‘rtog‘i unga nisbatan sovuq munosabatda bo‘lgan.
Qamashi tuman ma’muriy sud binosida o‘qilgan hukmga binoan, er emas, noqonuniy tarzda nikoh o‘qigan fuqaro 15 sutka qamoq jazosiga tortildi.

Leave a comment

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan