Respublikamizda aholiga tegishli bo‘lgan 2,8 millionta yengil avtomobillar bor. Bu haqda Statistika qo‘mitasi xabar berdi.
2021 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan yengil avtomobillar soni 2 767 126 tani tashkil etgan.
Yillar kesimida jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan yengil avtomobillar soni (1 yanvar holatiga):
2016 yil — 1 974 182 ta
2017 yil — 2 057 331 ta
2018 yil — 2 133 507 ta
2019 yil — 2 272 185 ta
2020 yil — 2 410 421 ta
2021 yil — 2 767 126 ta
Statistika qo‘mitasi ma’lumoti