Qo‘qonda plastik kartadan pul o‘g‘irlagan shaxsga chora ko‘rildi

14 may kuni fuqaro E. E IIBga murojaat qilib, unda 11 may kuni noma’lum shaxs telegramm ijtimoiy tarmog‘i orqali mebel jihozlari sotish va yetkazib berish bilan shug‘ullanishligini bilib, u bilan mebel sotib olishga kelishib, undan tegishli bank plastik karta raqami va xos raqamlarini pul o‘tkazib berishlik uchun olib, karta hisobidan 300.000 so‘m pullarni yashirin ravishda o‘g‘irlaganligini ma’lum qilgan. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169 moddasi 1 qismi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni X. A sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Leave a comment

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *