Shayxontuhur tumanida sodir etilgan o‘g‘rilik ayblanuvchilari qo‘lga olindi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Gumonlanuvchilar 15 sentyabr kuni E. C.ga tegishli bo‘lgan «Epica» rusumli mashinadan «iPhone 11 PRO» hamda 700 000 so‘m miqdorida pul mablag‘larini o‘g‘irlab ketganliklari haqida jabrlanuvchidan Shayxontohur tumani IIOga ariza kelib tushgan.
Ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida, 41 yoshli X. Y. va 38 yoshli A. T.lar gumonlanuvchi sifatida qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan JKning 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, hozirda tergov harakatlari amalga oshirilmoqda.
Shayxontohurda 2 o’g’ri qo’lga tushdi
Leave a comment