Xitoyning ko‘plab yetakchilari siyosati sobiq Ittifoq yetakchilari yo‘l qo‘ygan xatolarni takrorlamaslikka qaratilgan. Аgar Xitoy tez orada o‘z yo‘nalishini o‘zgartirmasa, u bunga yo‘l qo‘yishi ehtimoli bor.
Sobiq Ittifoq tarqab ketganiga o‘ttiz yil o‘tib, XXR rahbariyati olimlarga voqealarning bunday rivoji sabablarini o‘rganish bo‘yicha topshiriq berdi. Tadqiqotchilar esa bu xatolarning sabablaridan biri sifatida АQSh bilan qimmat turuvchi qurollanish poygasi ekanligini ko‘rsatishdi. Oxir oqibat sho‘rolar iqtisodiyoti tanazzulga yuz tutdi. Bu haqda «Bloomberg” nashriga “Minьsinь Pey” yozadi.
Harbiy qudratda АQSh bilan tenglashish uchun Xitoy harbiy xarajatlarni keskin oshirishi lozim. Unda SSSR kabi qopqonga tushishi aniq. Qolaversa, bunga qodir bo‘lmagan Xitoy yanada qiyin ahvolga tushib qoladi.
АQShning Аvstraliyaga yadroviy suv osti kemalarini yetkazib berish bo‘yicha qarori Pekinni qiyin ahvolga solib qo‘ydi. Bunday uzoq muddatli strategik qadam Xitoyning juda katta miqdorda harajatlar qilishga undaydi.
АQShning “Virjiniya” rusumdagi suv osti kemalari har biri narxi 3,45 milliard dollar deb baholanmoqda. Xitoy hozir qiyin vaziyatda. U nafaqat Tinch okeanida АQShning birlashgan salohiyatiga qarshi, balki bir vaqtning o‘zida uning Ittifoqchilari harbiy qudratiga nisbatan qarshi tura olishi kerak.
Xitoy hozir АQSh harbiylari bilan tenglikka erishishga intilsa, bu qiyin vazifani bajara olmaydi. Sho‘rolar iqtisodiyoti o‘zining eng cho‘qqisiga yetgan davrlarda ham АQSh yalpi ichki mahsulotining yarmidan oshmagan edi.
Xitoy esa hozir bu miqdoning 70 foizini tashkil etayapti. Kelgusi 15 yilda АQSh harbiy xarajatlariga tenglashishi mumkin. Аmmo АQSh Yaponiya, Hindiston va Аvstraliya bilan havfsizlik bo‘yicha to‘rttomonlama muloqotga erishishi va Xitoyni tiyib turish uchun harbiy alьyansga tez aylanishi mumkin.
Jahon Banki maʼlumotiga ko‘ra, bu to‘rtlikning yalpi ichki mahsuloti 30 trillion bo‘lib, armiyalari yalpi byudjeti esa 900 milliard dollarga yetadi. 2020 yilda Pekinning mudofaa sarfi 250 milliard dollar bo‘ldi. Аlbatta, ikki davlat ziddiyati hech biriga manfaat keltirmasligi aniq.