Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining fikricha, Rossiya Federatsiyasi va AQSHning strategik hujum qurollarini yana-da qisqartirish va cheklash chora -tadbirlari to‘g‘risidagi shartnomasini uzaytirishi dunyodagi yadroviy qurolsizlanishga yordam beradi.
Antonio Guterrishning so‘zlariga ko‘ra, qurollarning umumiy soni kamayib borayotgan bir paytda, davlatlar o‘z qurol -yarog‘larini sifatli rivojlantirmoqda, natijada yangi qurollanish poygasining xavotirli belgilari paydo bo‘ldi.